Joriy yilning 19-iyul kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi, Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxasissi Gulazzam Mominova tomonidan Andijon tuman, Sharq yulduzi MFY hududida uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida olingan ma’lumotlarni planshet qurilmasiga kiritish ishlari to‘g‘ri va sifatli amalga oshirilishi nazoratga olindi.