07/07/2023

Mamlakat iqtisodiyotining “sog‘lomligi”ni baholashning muhim omili – kichik biznes subyektlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi bo‘lib, bu uning moslashuvchanligi va doimiy o‘zgaruvchan iqtisodiy vaziyatlarga moslasha olish ko‘rsatkichidir.Shunda, 2023- yil yanvar-may oylarida tashish va saqlash sohasida yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 70 tadan 89 taga (o‘sish 19 taga), axborot va aloqa – 50 tadan 52 taga (o‘sish 2 taga) ko‘paydi.