Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023- yil 1- iyun holatiga 26 053 taga yetib, 2019- yilning mos davriga nisbatan (512 taga) o‘sish sur’ati 102,0 foizni tashkil etdi. Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 36,6 foiz, sanoat – 23,0 foiz, qurilish – 8,4 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 7,9 foiz, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 4,9 foiz, tashish va saqlash – 3,8 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 3,5 foiz, axborot va aloqa – 1,6 foiz, boshqa turlari – 10,3 foiz.