07/07/2023

2023- yilning yanvar-may oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 7 703,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar-may oyiga nisbatan 104,9 % ga yetdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 537,2 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 110,8 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 7 097,5 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 104,5 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 100,8 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 102,2 %) tashkil etdi. 2023- yilning yanvar-may oylarida 2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan viloyatning Andijon shahri (9,8 %), Oltinko‘l (9,5 %), Xo‘jaobod (10,4 %) va Jalaquduq (11,3 %) tumanlarida chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.