Zero, milliy ramzlar azaldan or-nomus, shon-sharaf hisoblangan. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. U oliy saodat — Istiqlolimiz ramzi, oʻzini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru iftixor manbaidir. Shunday ekan, oʻzini mana jannatmakon yurt va tabarruk zamin farzandi deb bilgan har bir inson davlat ramzlarimizni Vatanimiz kabi aziz va muqaddas deb bilishi, eʼzozlashi kerak.