O‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi va Andijon viloyati statistika boshqarmasi yurtimizdagi barcha mo'min-musulmonlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.Qurbon hayitining ma'naviy hayotimizda olijanob fazilatlarni, bag'rikenglik, muruvvat, do'stlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Bu qutlug' ayyomda hammamiz, avvalo, mana shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo ekanligi uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.Barchangizni muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz