22/06/2023

 2023-yilning 20-iyun kuni Statistika agentligida aholini ro‘yxatga olishning zamonaviy usullari va afzalliklari boʻyicha taqdimot o‘tkazildi.

1-7b5a5895

Unda Statistika agentligi Aholini roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi bo‘lim boshliqlari Nurali Shukurov va Kuatbay Saparov taqdimot qilishdi.

2-7b5a5891

Taqdimotchilar shu yil 12-15-iyun kunlari Turkiyaning Anqara shahrida BMTning Statistika bo'limi, BMTning Yevropa Iqtisodiy qo‘mitasi, BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi, BMTning Osiyo va Tinch okeani instituti, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ko‘tarilgan masala – aholini ro‘yxatga olishning an’anaviy usulidan aholi registrga asoslangan usulga o‘tishning afzalliklari bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdi.

3-7b5a5901

Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning an’anaviy usulidan aholi registrga asoslangan usulga o‘tishning afzalliklari, yurtimizdagi mavjud registr bazalari holati va undan foydalanish masalalarida fikr-mulozalar bildirildi.

4-7b5a5903

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

5-7b5a5898