Joriy yilning 21-iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi N.To‘xtaboyev, Asaka tuman statistika bo‘limi mas’ul xodimi Z.Bozorboyev bilan birgalikda Asaka tumanida INI 12 narx (iste'mol) oylik kuzatuvining oziq-ovqat guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narx ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.Kuzatuv jarayonlarni sifatli oʻtkazish uchun registratorga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.