2023- yil 1- iyun holatiga koʻra faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2019- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,8 foizni tashkil etdi.Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 30,6 foiz, sanoat – 19,3 foiz, qurilish – 7,1 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 6,7 foiz, hududiy kesimda eng ko‘p Andijon shahrida – 25,1 foiz, Asaka – 9,0 foiz, Andijon – 7,6 foiz, Shahrixon – 7,1 foiz va Baliqchi – 6,1 foiz tumanlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.