19/06/2023

2023- yil yanvar-aprel oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 11 699,3 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 66,3 % ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 112,0 % ni tashkil qildi. Jami hizmatlardagi kichik biznesning ulushi esa 0,5 % ga kamaygan.Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Andijon shahri (4 278,7 mlrd. so‘m), Asaka (860,4 mlrd. so‘m), Andijon (788,6 mlrd. so‘m), Baliqchi (669,6 mlrd. so‘m), Xo’jaobod (661,9 mlrd. so‘m), Izboskan (569,9 mlrd. so‘m) va Jalaquduq (539,8 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Eng past hajm esa Ulug’nor tumanida (144,8 mlrd. so’m ) kuzatildi.