19/06/2023

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 40,6 mlrd so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 1914,7 mlrd so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning vilotyatdagi ulushi mos ravishda 2,1 % va 97,9 % ni tashkil etdi.Nodavlat mulk obyektlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmida eng yuqori ulush Xonobod shahrida (ushbu shahardagi qurilish ishlari umumiy hajmining 100,0 foizi), Xojaobod tumanida (qurilish ishlari umumiy hajmining 100,0 foizi) va Paxtaobod tumanida (ushbu tumanidagi umumiy qurilish ishlarining 100,0 foizi) qayd etildi.