16/06/2023

2023- yil 1- iyun holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan. Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:Andijon shahrida – 575 ta, Asaka – 422 ta, Baliqchi – 217 ta va Shahrixon tumanlarida – 152 ta. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan: savdo sohasida – 1 059 ta, sanoat – 474 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 178 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 168 ta.