Keyingi besh yilda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1,2 barobarga oshdi. Yetakchi o‘rinni 73 ta korxonada to‘liq yoki qisman ulushi mavjud bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi egallagan.Bu, viloyatda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 23,4 foiz ulushini tashkil etadi. Shuningdek, Andijon viloyati iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritayotgan Xitoy (ulushi 20,2 foiz), Turkiya (ulushi 15,4 foiz), Qirg‘iz Respublikasi (ulushi 14,1 foiz) va Janubiy Koreya (ulushi 10,6 foiz) davlatlari ham yetakchilar hisoblanadilar.