15/06/2023

Viloyatda investitsiya muhitining yaxshilanib borayotgani sari va ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mashina va asbob-uskunalar importining oshishi tabiiy hol.Jumladan, 2023- yil yanvar-aprel oylarida import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 804,1 mln AQSh dollarini tashkil etib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 5,2 % ga koʻpaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 66,0 % ga yetdi.2023- yil yanvar-aprel oylarida mashina va transport asbob-uskunalar importi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 106,0 mln AQSh dollariga koʻpaydi. Ushbu tovarlarni Andijon viloyatiga yetkazib berishning asosiy qismi Koreya Respublikasi – 363,6 mln AQSh dollari (45,2 %), XXR - 225,3 mln AQSh dollari (28,0 %) va Meksika – 54,4 mln AQSh dollari (6,8 %) kabi davlatlarga toʻgʻri keldi

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech