15/06/2023

2023- yining 1- aprel holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 6,1 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga, 93,1 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga 0,8 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga mos ravishda qo‘y va echkilarning umumiy sonidan 5,3 foizi fermer xo‘jaliklariga, 93,8 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 0,8 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi, otlar umumiy sonidan 19,2 foizi fermer xo‘jaliklariga, 79,6 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 1,2 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, parrandalar umumiy sonidan 12,6 foizi fermer xo‘jaliklariga, 58,9 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 28,5 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech