2023- yilning 5–9- iyun kunlari Tailandning Bangkok shahrida BMTning Osiyo va Tinch Okeani hududi bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) tomonidan Osiyo va Tinch Okeani hududida tabiiy ofatlar bilan bog‘liq ma’lumotlar statistikasini takomillashtirish bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda Avstraliya, Armaniston, Bangladesh, Butan, Fiji, Vanuatu, Kiribati, Yangi Zelandiya, Pokiston, Hindiston, Eron, Shri-Lanka, Malayziya, Filippin, Tailand, Mo‘g‘uliston, Gruziya va O‘zbekiston mamlakatlari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi, Ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo‘limi boshlig‘i Shayxali Abduraxmanov ham qatnashdi.