2023- yilning yanvar-martida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 102,4 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 21,1 %), sanoatda – 98,4 % (27,5 %), qurilishda 100,6 % (5,8 %), xizmatlar sohasida – 104,7 % (45,6 %)ni tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 103,4 % (9,7 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 108,0 % tarmoqlarida 104,3 % (7,6 %), boshqa xizmat tarmoqlari 104,3 % (28,3%) dan iborat bo‘ldi.