2022- yilning yanvar-mart oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 618,3 mlrd so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 22,1% ini tashkil etdi.Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,0 % yoki 223,2 mlrd so‘mi o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 1 461,5 mlrd so‘mni yoki 52,2 % ni tashkil etdi. Shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 202,3 mlrd so‘m, Davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 94,0 mlrd so‘m, Davlat byudjeti 192,7 mlrd so‘m, Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 6,7 mlrd so‘m miqdorida asosiy kapitalga inestitsiyalar o‘zlashtirildi.