Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 65,2 % yoki 1274,6 mlrd so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.
Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 24,9 mlrd so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 2,0 % ni tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 845,2mlrd so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 66,3 % ni tashkil etdi.
Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 404,4 mlrd so‘m yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 31,7 % ni tashkil etdi.