02/06/2023

Joriy yilning 1- iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari M.Yusupov, Bo'ston tumani statistika bo'limi boshlig'i B.Sultonov hamda kuzatuvga mas'ul shaxs tomonidan Bo'ston tumanida shaxsiy avtotransport egalari tashish faoliyatining tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilish jarayonlari o'rganildi.

 Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini  band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan tashish faoliyati bilan shug’ulanayotgan shaxsiy avtotransport egalarining  ko’rsatilayotgan xizmatlar ma'lumotlari registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritilishi, kuzatuvni sifatli o'tkazilishi boʻyicha tavsiyalar berildi.