01/06/2023

2023- yil 01- iyun kuni boshqarmada navbatdagi “1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. O‘zbekistonda bolalar huquqlari, avvalombor  Konstitutsiya bilan belgilangan, hamda Bola huquqlari  qonun va qarorlar  bilan himoyalangan, bolalarni har tomonlama ham jismoniy, ham intellektual yetuk insonlar bo‘lib o‘sishini ta’minlash maqsadi - respublikaning ustuvor vazifalari qatoriga kiritilgan.