01/06/2023

 Joriy yilning 1- iyun kuni Statistika agentligi Uy-joy fondini obodonlashtirish statistik kuzatuvlari bo`limi boshlig'ining o'rinbosari A. Sattorov, Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D.Yangiyev hamda  Xizmatlar sohasi statistikasi bo’limi boshlig’i  X.Toxirovlar tomonidan Marhamat tumanida shaxsiy avtotransport egalari tashish faoliyatining tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilish jarayonlari o'rganildi.

Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini  band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan tashish faoliyati bilan shug’ulanayotgan shaxsiy avtotransport egalarining  ko’rsatilayotgan xizmatlar ma'lumotlari registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritilishi, kuzatuvni sifatli o'tkazilishi boʻyicha tavsiyalar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech