2023- yilning yanvar-mart oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Shahrihon (346,6 mlrd. so‘m), Asaka tumani (292,0 mlrd. so‘m) va Jalaquduq (253,7 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Xonobod shahri (34,3 mlrd. so‘m) va Ulug‘nor tumani (112,8 mlrd. so‘m)ni keltirib o‘tish mumkin