2023- yilning yanvar-aprel oylarida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi ulushi 2,0 % ni tashkil etib, 79,7 mlrd so‘mga yetdi. 2022- yilning mos davriga nisbatan 5,6 % ga o‘sdi. Bunda savdo aylanmasining 91,8 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.