O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 84 - bandida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari iqtisodchi xodimlarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida shartnoma asosida 2023-yil 29 - 31-may kunlari Andijon viloyati Iqtisodiyot va qurilish institutida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor o‘qituvchilar tomonidan "Statistika asoslari" sayyor o‘quv kursi o‘tkazilmoqda.