25/05/2023

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023- yil 23- may kungi 23-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida 2023- yil 25- may kuni dekloratsiya to’ldirmasdan O‘zbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlar bo‘yicha Andijon viloyatining "Do‘stlik" bojxona postida viloyat statistika boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan kuzatuv o‘tkazish ishlari boshlandi. Kuzatuvda boshqarma boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev ishtirok etdi.