25/05/2023

 Bugun 25-may kuni  Andijon viloyati Paxtaobod tumanida joylashgan 8-umumiy o’rta ta’lim maktabiga Andijon viloyati Statistika boshqarmasi boshlig’i N.G‘.To’xtaboyev tadbirda ishtirok etish uchun tashrif buyurdi va so’zga chiqib bugungi kun bitiruvchilarga kelajakda yangi O’zbekiston ravnaqi uchun yetuk, bilimdon, zamonaviy bilimlarni chuqur egallab yaxshi mutaxassislar bo’lib yetishlari uchun samimiy tilaklar bildirdi.

 

 Maktabda uzoq yillar davomida o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berib kelayotgan faol ustozlarga hamda maktabning  namunaviy  o’quvchilariga faxriy yorliqlar topshirdi.

 

 

So’ngra maktabning sinf xonalariga kirib, o’quvchilar bilan suxbatlashdi.