23/05/2023

2023- yilning 22-24- may kunlari Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida “Aholini roʻyxatga olish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro forum boʻlib oʻtmoqda. 1_photo_2023-05-22_11-08-54

Ushbu xalqaro forumda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktor oʻrinbosari Zohidjon Ziyayev hamda Statistika agentligining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi Qobil Berdiqulov ishtirok etmoqda.

2_photo_2023-05-22_11-14-22

Forumda kun tartibiga koʻra quyidagi masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda:

3

- hamdoʻstlik davlatlarida 2020-yil raundida aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish, uning natijalarini tahlil qilish va tarqatish boʻyicha milliy tajribalarni almashish;

4_photo_2023-05-22_11-14-21

- barqaror milliy rivojlanishga erishishni monitoring qilish, aholining turmush darajasini oshirish, munosib mehnatni taʼminlash, sogʻliqni saqlash, taʼlim, ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish, mamlakatdagi ichki nomutanosiblikni tenglashtirishga qaratilgan dasturlarni rejalashtirish uchun eng muhim maʼlumotlar manbai sifatida aholini roʻyxatga olishning ahamiyati.

5_photo_2023-05-22_16-41-41

6_photo_2023-05-22_14-52-40-2

Forum kun tartibiga qoʻyilgan masalalar – qizgʻin baxs-munozalarga va muhokamalarga boy boʻlishi kutilmoqda.