Joriy yilning 19- may kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshligʻning birinchi o'rinbosari M.Yusupov, Izboskan tuman statistika bo‘limi mas’ul xodimi Sh.Begmatov bilan birgalikda Izboskan tumanida INI 12 narx (iste'mol) oylik kuzatuvining oziq-ovqat guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narx ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Qolaversa, kelgusida kuzatuv jarayonlarni sifatli oʻtkazish uchun registratorga tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berildi.