18/05/2023

  Viloyatimizda qurilish sanoati iqtisodiyotning ustuvor tarmog‘i sifatida belgilangan. Qurilish sanoatining yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki:

- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 55,9 foiz ulushni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 66,3 foizni tashkil etdi;

- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 12,7 foiz ulushni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,1 foizni tashkil etdi;

- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 31,4 foiz ulushni va 76,8 foizni tashkil etdi.