2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 529,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 0,6 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 5,8 % ni tashkil etdi.