16/05/2023

2023-yilning 8–12- may kunlari Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika boʻlimi (UNSD) BMT-Habitat bilan hamkorlikda hamda Yevropa Komissiyasi tomonidan urbanizatsiya darajasini baholash metodologiyasini amalga oshirish boʻyicha mintaqaviy seminar tashkil etildi.

1-img_3491

Ushbu seminarda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Respublikasi mutaxassislari qatnashdi.

2-img_3355

3-img_2915

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Aholini roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi bosh mutaxassisi Sardor Guseynov hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va axborotlashtirish interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Zufar Toymasov ishtirok etdi.

4-img_3029

5-img_2898

Seminarda urbanizatsiya darajasini baholash metodologiyasini joriy etish, shaharlar va qishloq joylarini ilmiy asosda boʻlib chiqish, shuningdek, GIS texnologiyalaridan foydalangan holda aholini roʻyxatga olishning roʻyxatga olish va hisob uchastkalariga boʻlish usullarini qoʻllash, bundan tashqari, aholini roʻyxatga olish natijalarini eʻlon qilishda GIS texnologiyalaridan foydalanish masalari boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi.