Joriy yilning 11-may kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshligʼi o’rinbosari D.Yangiyev Turmush darajasi statistikasi va uy xoʼjaliklari kuzatuvlari boʼlimi mutaxassisi S.Giyasova bilan Asaka tumani Saidaobod MFY da uy xoʼjaligi kuzatuvini oʼtkazdi.Shuningdek uy xoʼjaligi kuzatuvidan olingan maʼlumotlarning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi va ushbu maʼlumotlar asosida shahrimiz aholisining turmush darajasiga oid koʼrsatkichlar shakllantirilishi toʼgʼrisida tushunchalar berib oʼtildi.