15/05/2023

 2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-7j1a1459

Shundan kelib chiqib, joriy yil 12- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2-7j1a1450

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Business Process Model (GSBPM) - Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

3-7j1a1453

Jumladan, Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning Milliy modelidagi birinchi bosqichi бўлган statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

4-7j1a1441