18/04/2023

 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda respublikamizda jami 11,6 mln tonna sut sogʻib olingan. 

 Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,2 % ga oshgan.

 Hududlar kesimida yetishtirilgan sut hajmi:

Samarqand viloyati – 1,4 mln tonna

Qashqadaryo viloyati – 1,3 mln tonna

Fargʻona viloyati – 1,1 mln tonna

Xorazm viloyati – 1,1 mln tonna

Buxoro viloyati – 1,0 mln tonna

Andijon viloyati – 1,0 mln tonna

Toshkent viloyati – 975 ming tonna

Surxondaryo viloyati – 936 ming tonna

Namangan viloyati – 758 ming tonna

Jizzax viloyati – 674 ming tonna

Navoiy viloyati – 521 ming tonna

Qoraqalpogʻiston R. – 434 ming tonna

Sirdaryo viloyati – 382 ming tonna

Tugmani bosing Tinglash GSpeech