18/04/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi  36 197 781 kishini tashkil etgan. 

 Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.

 Mamlakatimiz aholisi 2023-yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga koʻpaygan.

 Oʻzbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida oʻrtacha 57,6 ming kishiga oshgan.

 2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,9 ming kishiga koʻpaymoqda.