18/04/2023

 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning  yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatga qiymati 42 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 9 ming tonna trikotaj  mahsulotlarini eksport qilgan.


 2023-yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekiston trikotaj mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

— Rossiya – 19,8 mln
— Qirgʻiz R. – 12 mln
— Italiya – 4,2 mln
— Belarus R. – 1,7 mln
— Ozarbayjon – 1,3 mln AQSH dollari

2023-yilning ikki oyida trikotaj mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan hududlar:

— Toshkent shahri – 16,6 mln
— Toshkent viloyati – 8,1 mln
— Andijon viloyati – 6,3 mln
— Buxoro viloyati – 3,8 mln AQSH dollari