Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra:
Oʻzbekistondagi muzeylarda jami 2,2 millionta eksponatlar mavjud. Shundan 252,5 mingtasi suratlar.
2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, mamlakatimizda kvartira (yakka tartibdigi uy)lar soni 7,3 milliontani tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 2,2 % ga oshgan.
2023-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 181 tonna shokolad ishlab chiqarilgan.
2023-yilning 1-yanvar holatiga, Toshkent shahridagi maktablarda taʼlim berayotgan oʻqituvchilar soni 27 786 nafarni tashkil etgan.
2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizda 47 378 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.
2023-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 81,2 ming dona elektr isitgichlar ishlab chiqarilgan.2023-yilning 1-aprel holatiga koʻra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 9 998 tani tashkil etilgan.