Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-mart holatiga transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 47,1 % ni tashkil etdi.
Transport xizmatlarida quvur yoʻli orqali koʻrsatilgan transport xizmatlarining hajmi 19,5 % ni tashkil etgan.
Havo transporti orqali koʻrsatilgan yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarning ulushi 13,2 %.
Oʻz navbatida, transport xizmatlari umumiy hajmida temir yoʻl transporti orqali koʻrsatilgan xizmatlar 11 % ga yetdi.
Yordamchi transport faoliyatida esa 9,2 % koʻrsatkich qayd etildi.