17/04/2023

Dastlabki ma’lumotlarga asosan 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida Marhamat tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 553,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 105,8 foizni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda 373,7 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 125,0 % ni tashkil etdi. Jami sanoatdagi ulushi 0,9 % ni (2021- yilning yanvar-dekabr oylarida 330,8 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan, o‘sish sur’ati 115,0% ni) tashkil etgan.