Tumanda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va uni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib borilishi, o‘z navbatida kichik biznes sub’ektlari tomonidan sanoat mahsulotlari va xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish hajmining doimiy o‘sib borishiga sabab bo‘lmoqda.
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 509,6 mlrd. so‘m bo‘lib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 46,3 % ni tashkil etgan.