2023- yil 9- aprel kuni boshqarmada navbatdagi “Tеmur tuzuklari”: Odillik va adolat, huquq va maʼnaviyat mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma bolig‘ining o‘rinbosari M.Yusupov, ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda Amir Temurning davlat boshqaruvidagi ulkan xizmatlari, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyib, ulardan jamiyat manfaati yoʻlida foydalanish uchun qatʼiy intizomga asoslangan, talabchan ijroiya mexanizm tizimini yarata olganligini, oʻz navbatida, “Temur tuzuklari” asari davlatni idora qilish usullari, qoʻshinni tashkil etish qoidalari, urushlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan turli harbiy uslublar singari qator siyosiy, huquqiy, harbiy va axloqiy gʻoyalar va meʼyorlarni oʻz ichiga olganligini aytib o‘tdilar.
Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida “Temur tuzuklari” asari haqida baxs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.