07/04/2023

2022- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 12 077,9 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Andijon shahri (1784,4 mlrd. so‘m), Xo’jaobod tumani (1251,5 mlrd. soʻm), Xonaobod shahar (1148,6 mlrd. soʻm), Shahrixon tumani (1121,0 mlrd. soʻm) Baliqchi tumani (1046,4 mlrd. soʻm) tumanlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Marhamat tumani (192,7 mlrd. soʻm) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi eng past bo‘lib qolmoqda.