07/04/2023

So‘rov usuli — ro‘yxatga olish maxsus anketani to‘ldirish, yuzma-yuz suhbat asosida, inspektor tomonidan amalga oshiriladi. Bu Rossiya Federatsiyasi va boshqa MDH mamlakatlarida qo‘llaniladi.

O‘zi hisoblash va to‘ldirish usuli — maxsus anketa ro‘yxatga olinuvchi shaxs tomonidan to‘ldiriladi. Shuningdek, bunda bir oilada istiqomat qilayotgan aynan bir nafar shaxs farzandlari yoki yaqinlari uchun to‘ldirish mumkin. Ro‘yxatga oluvchi inspektor esa anketaning to‘ldirilishini nazorat qiladi, xolos. Bu usuldan Yevropadagi bir qator davlatlarda foydalaniladi.

Aralash (anketali) usuli — maxsus anketa ro‘yxatga olinuvchilar manziliga pochta yoki internet orqali yuboriladi. Fuqarolar anketani to‘ldirib, statistika xizmatiga qayta jo‘natadi. Anketa kelmagan manzillarga esa mas’ullar yuboriladi. Ushbu usul kamxarjliligi bilan ajralib turadi. Biroq amalda bu usul kutilgan natijani bermayapti.

Aholini ro‘yxatdan o‘tkazilganda erishiladigan natijalar.

Aholini ro‘yxatga olish orqali faqat aholi haqidagi ma’lumotlarni emas, balki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarkiblari haqida ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo‘linadi. Aholini ro‘yxatga olish savolnomasida faqat demografik ma’lumotlarni yig‘ish bilan chegaralanib qolmaydi. Aholini ro‘yxatdan o‘tkazish savolnomasi aholi soni, yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi kabi bir qator ko‘rsatkichlardan tashqari yashash sharoiti, daromadlar manbai va boshqa tavsiflari haqida ma’lumot olishning yagona manbai hamdir. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish umuman o‘tkazilmagan bo‘lib, mazkur tadbir ilk marotaba o‘tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish belgilangan.

Аholini ro‘yxatga olish tadbirini belgilangan muddatda, aniq reja-jadval asosida o‘tkazsagina ko‘zlangan maqsadga erishishimiz mumkin.

Aholini ro‘yxatga olish uchun – birinchidan, aholini ro‘yxatga olish mustaqil respublikamizda tarixiy voqea xisoblanadi, lekin deyarli barcha dunyo mamlakatlarida muntazam amalga oshiriladigan tadbirdir.

Ikkinchidan - aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari “ijtimoiy ximoya”, “investitsiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizim” “talim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma”, kabi mazmunli dasturlarni tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qiladi. Kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturni amalga oshirish natijalarini baxolash, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakilantirish mumkin.

Uchinchidan – aholini ro‘yxatga olish bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasi xisoblanadi. Xozirgi kungacha dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida o‘tkazilgan.