2023-yilning yanvar-fevral oylarida Andijon viloyatida jami 635,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 1,5 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 80,8 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 17,7 % ni tashkil etdi.