2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyati bo‘yicha jami 4 823,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. O’zlashtirilgan xorijiy kreditlarning 547,0 mlrd. so‘mi yoki jamiga nisbatan 11,3 % i O’zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlarni tashkil etgan bo‘lsa, qolgan 4 276,0 mlrd. so‘m yoki 88,7 % i kafolatlanmagan xorijiy kreditlarni tashkil etdi.