31/03/2023

Andijonda 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 708,2 ming tonna sabzavotlar (2021- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 101,9 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Sabzavot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot ishlab chiqarish umumiy hajmidan 58,1 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.