31/03/2023

Andijonda 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 185,6 ming tonna go‘sht (2021- yilning yanvar-dekabrga nisbatan 104,9 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Go‘sht ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmidan 81,1 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.