07/03/2023

Sizni va siz orqali oila aʼzolaringizni, yaqinlaringizni  8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

 

 

Sizni yana bir bor bugungi bahor va nafosat, go‘zallik va latofat bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Sizga dunyodagi eng bebaho boylik – oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rib yurish quvonchi hamisha yor bo‘lishini tilaymiz. Qalbingiz doim bugungi bahordek yashnab tursin.