01/03/2023

2023- yil 1- mart kuni boshqarmada navbatdagi O‘zbek xalqining sevimli shoirasi  Zulfiyaoxnim mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev ishtirok etishdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘ribosari M.Yusupov Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim Isroilovani bahaorning ilk kuni, yani 1-mart kuni tavallaud ayyomi ekanligini, uning hayoti va ijodi haqida sozladi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva “O‘zbek xalqining sevimli shoirasi  Zulfiyaoxnim” mavzusi bo‘yicha so‘z olib, Zulfiyaning ijodi haqida va hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini o‘rganish va nashr etish ishiga bag‘ishlaganini, O‘zbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini e‘tiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta‘sis etgani, Toshkentdagi ko‘chalardan biriga uning nomi berilganligini hamda Zulfiyaxonim she’rlari millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egallashini aytib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida Zulfiyaxonim she’rlaridan parchalar o‘qildi.

Salqin saharlarda, bodom gulida,

Binafsha labida, yerlarda bahor.

Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Tugmani bosing Tinglash GSpeech